» » Farg‘onadagi yosh bolalar jangi, Qosim-Jo‘mart To‘qayevning saylovdagi g‘alabasi, Toshkent aeroportidan “quvilgan” litsenziyasiz taksichilar va boshqa xabarlar

Farg‘onadagi yosh bolalar jangi, Qosim-Jo‘mart To‘qayevning saylovdagi g‘alabasi, Toshkent aeroportidan “quvilgan” litsenziyasiz taksichilar va boshqa xabarlar


10-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Farg‘onada erkaklar voyaga yetmagan bolalarni urushtirib, tasvirga oldi.

Rolikdan ko‘rish mumkinki janjal yoshi katta erkaklar tomonidan ataylab tashkil etilgan — ular jarayonga aralashib, ora-sira bolalarni ajratib turibdi.

***

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qozog‘istonliklarning 70 foizi Qosim-Jo‘mart To‘qayevga o‘z ovozini berdi.

Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevni kecha bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.

***

IIBB: Toshkent xalqaro aeroportini ishg‘ol qilgan 50 nafar litsenziyasiz taksichiga chora ko‘rildi.

Ularning 24 nafari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi asosida javobgarlikka tortildi. Qolgan 26 nafar taksichi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. 42 ta avtoulov jarima maydoniga joylashtirildi.

***

Dubay amirining uchta o‘g‘li bir vaqtda uylandi. O‘zbekiston Prezidentining o‘g‘li va kuyovlari mazkur to‘yda ishtirok etdi.

Avvalroq, to‘y marosimida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Prezidentining o‘g‘li Miralisher va kuyovlari Oybek Tursunov, Otabek Umarov hamda nevarasi Miromon Dubayga tashrif buyurib, shayx Muhammad bin Roshid Al Maktumni tabriklashganni haqida xabar berilgan edi.

***

Tehronda islom qoidalariga amal qilinmagan 547 ta restoran yopildi.

Eron politsiyasi noqonuniy musiqa qo‘yilganidan tortib mushtlashuvgacha bo‘lgan holatlar qayd etilgan restoran va kafelarni yopdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют