» » Bojxona instituti kursanti Sankt-Peterburgdagi xalqaro konferensiyada birinchi o‘rini egalladi

Bojxona instituti kursanti Sankt-Peterburgdagi xalqaro konferensiyada birinchi o‘rini egalladi


Sankt-Peterburgda “i-Customs, Xalqaro biznes, innovatsiyalar va bojxona tomonidan tartibga solish” VI Xalqaro yoshlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Unda Rossiya, Belarus, Polsha, Ozarbayjon va O‘zbekistondan jami 32 nafar ishtirokchi bojxona ma’muriyatchiligi, bojxona nazoratida chegara xizmatidan foydalanishning istiqbollari, smart chegaralar uchun bojxona nazorati yo‘nalishlarida o‘z ma’ruza va loyihalari bilan qatnashdi.

Mazkur konferensiyada Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti kursantlari ham o‘zlarining tashabbus va loyihalari bilan ishtirok etdi. Bojxona instituti 3-bosqich kursanti Mushtariy Ismatovaning loyihasi mutaxassislar tomonidan eng yaxshi deb topilib, unga 1-o‘rin taqdim etildi.

Endi konferensiyada yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 6 nafar g‘olib, jumladan, M.Ismatova ham joriy yil oktabr oyida Makedoniyaning Skope shahrida o‘tkaziladigan “PICARD-2019” Xalqaro yoshlar konferensiyasida ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...