» » O‘zbekistonning 2,76 mingdan ziyod maktablari zamonaviy kompyuter bilan ta’minlanadi

O‘zbekistonning 2,76 mingdan ziyod maktablari zamonaviy kompyuter bilan ta’minlanadi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusini amalga oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan respublika umumta’lim maktablarida 2859 ta o‘quv-kompyuter sinflari tashkil etilishi belgilandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 7-iyun kuni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va KT kompaniyasi prezidenti Yu Yeng Park respublikada o‘quv-kompyuter sinflarini tashkil etish bo‘yicha shartnomani imzoladi.

Janubiy Koreyaning KT kompaniyasi “Maktab ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘ldi. Loyiha Koreya Respublikasining Eksport-import banki (Eksimbank) ajratgan 33 million dollar kredit hisobiga moliyalashtiriladi.

Loyiha doirasida KT kompaniyasi 2766 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari sinflariga jami 2859 ta o‘quv-kompyuter yetkazib, o‘rnatib beradi. 2019-yil oxiriga qadar o‘quv-kompyuterlar 700 ga yaqin maktablarga yetkazib berilishi kutilmoqda.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreya O‘zbekistonning ishonchli hamkorlaridan biri ekanligini, shuningdek, loyiha birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirilishini aytib o‘tdi.

Shu munosabat bilan Xalq ta’limi vazirligi o‘quv dasturi, jumladan, axborot texnologiyalarini o‘qitish bo‘yicha dasturlarni qayta ko‘rib chiqmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют