» » O‘MI: Idora Suriyadagi o‘zbekistonliklarning soni haqida aniq ma’lumotga ega emas

O‘MI: Idora Suriyadagi o‘zbekistonliklarning soni haqida aniq ma’lumotga ega emas


So‘nggi kunlarda internet tarmog‘idagi ayrim manbalarda O‘zbekistondagi MY5 nodavlat telekanalida 4-iyun kuni efirga uzatilgan ko‘rsatuvda berilgan lavhalarga asoslangan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning yuqoridagi jarayon bilan bog‘liq fikrlari tarqatilmoqda, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Qayd etilgan ko‘rsatuvda muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining Toshkent shahridagi masjidlarning birida qilgan ma’ruzalaridan parcha keltirilgan.

Ta’kidlash joizki, ushbu ma’ruzada Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlari tashkilotiga mansub mamlakatlar va ularga tutash hududlardan mutaassib shaxslarning ta’siri ostida Suriyaga borib qolgan shaxslar, ularning oila-a’zolari va yaqinlari haqida umumiy ma’lumot berilgan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hozirgi kunda Suriya hududidagi O‘zbekiston fuqarolarining soni haqida aniq ma’lumotga ega emas.

Shuningdek, yuqoridagi ma’ruzada muftiy hazratlari tomonidan Suriyadan yaqinlarining qistovi, zo‘ravonligi yoki aldovi bilan borib qolgan toifaga mansub fuqarolarni qaytarish bo‘yicha harakat qilinadi, degan mazmunda fikr aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют