» » O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan 1-iyundan 15-iyunga qadar dolzarb 15 kunlik e’lon qilindi

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan 1-iyundan 15-iyunga qadar dolzarb 15 kunlik e’lon qilindi


O‘zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan O‘zbekistonda 1-iyundan 15-iyunga qadar dolzarb 15 kunlik e’lon qilindi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ushbu dolzarb 15 kunlik respublikaning ichki karantin hisobida turuvchi “Zarpechak”,“Devpechak”, “Sudraluvchi kakra” va “Ermon bargli ambroziya” kabi begona o‘tlarga qarshi kurashish e’lon qilindi.

Zararli karantin o‘simliklar asosan mevali daraxtlar va poliz ekinlariga jiddiy zarar yetkazadi. Ularni o‘z vaqtida aniqlab, ularga qarshi kurashish choralari ko‘rilishi tavsiya etiladi.

Karantin ostidagi o‘simliklardan bo‘lgan “Zarpechak” “gullari kichik (2-7 millimetr) oq, pushti, yashil ranglarda bo‘ladi, zarpechakning tomiri bilan olib tashlanmasa 8—9 yil davomida bir joydan chiqib ko‘payib ketadi.

“Shu sababli karantin osti o‘simliklarini tomorqalar. polizlar hamda suv bo‘ylarida uchratishingiz bilan darhol Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini hududiy inspektorlariga murojaat qilishingiz so‘raladi”, — deyiladi xabarda.

Ishonch telefon raqamlari

“O‘zdavkarantin” 71 255-62-39.

“Toshvildavkarantin” inspeksiyasi 95 198-09-19.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют