» » Moldova prezidenti respublikaga bosim kuchayishini aytdi

Moldova prezidenti respublikaga bosim kuchayishini aytdi


Moldova prezidenti yaqin kelajakda mamlakatdagi siyosiy inqirozni to‘xtatishga erishilishiga va Konstitutsiyaviy sud o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishiga umid bildirdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Avvalroq Konstitutsiyaviy sud sotsialistlar va “Akum” bloki shakllantirgan tuzilma (parlament koalitsiyasi) go‘yoki noqonuniy ekanini ma’lum qilgan edi. Ammo prezident Igor Dodon Mayya Sandu boshchiligidagi koalitsion hukumat xalqaro darajada e’tirof etilgani va Demokratik partiya yetakchisi Vladimir Plaxotnyukning hokimiyatni egallashga urinishi jazosiz qolmasligini eslatgan.

Dodonning aytishicha, davlat organlaridagi koalitsiya dushmanlari yuridik javobgarlikka tortilishi mumkin. Qonunchilikda esa, ehtimol, sudyalarni lavozimga tayinlash va ozod qilish bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘ladi.

“Plaxotyuk taslim bo‘lishni xohlamayapti va u oxirigacha o‘z qarorida qat’iy turadi. Umid qilamanki, hokimiyatni bunday tarzda egallab olish Moldova uchun yomon ssenariy ekanligini hamma yaxshi tushunadi. Umuman olganda, barcha xorijiy elchilar men aytgan gaplarni o‘ylab ko‘rdi. Sizga ma’lumki, boshqa davlatlar respublikamizning yangi, qonuniy hukumatini tan olmoqda. Va, fikrimcha, ham ichki, ham tashqi tomondan bosim o‘tkazish kuchayib boradi”, — degan Dodon.

Mavzuga doir: Moldova parlamenti mamlakatni “bosib olingan davlat” deb e’lon qildi

Mavzuga doir: Moldova poytaxtida namoyishlar boshlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 70) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют