» » “Ipotekabank” Samarqand viloyat filialining jamg‘arma kassa xodimlari 29 million so‘m pullarni talon-taroj qilganligi aniqlandi

“Ipotekabank” Samarqand viloyat filialining jamg‘arma kassa xodimlari 29 million so‘m pullarni talon-taroj qilganligi aniqlandi


“Ipotekabank” Samarqand viloyat filialida pullarni talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Bulung‘ur tuman bo‘limi boshlig‘i Shavkat Tojiboyev “Daryo”ga ma’lum qildi.

Majburiy ijro byurosi Bulung‘ur tuman bo‘limida joylashgan “Ipotekabank” ATIB Samarqand viloyat filialining 30-sonli jamg‘arma kassasida 2017–2019-yillar davomida energiya resurslari tarmog‘idan uzilgan 39 nafar iste’molchi tomonidan tarmoqqa qayta ulanish 14 million 898 ming so‘m pul to‘langan. Bo‘lim davlat ijrochilari ish yurituvida mavjud bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha 46 nafar fuqaro tomonidan davlat foydasiga to‘langan 8 million 938 ming so‘m pul mablag‘lari uchun bank muhri tushirilgan to‘lov kvitansiyalari berilgan. Biroq o‘rganish davomida bu pullar bank kassa dasturiga kirim qilinmasdan o‘zlashtirib yuborilgan.

Bundan tashqari, 19 ta ijro hujjatlariga qo‘shilgan to‘lov kvitansiyalari bilan bank filialida mavjud bo‘lgan to‘lov kvitansiyalari taqqoslab ko‘rilganda 6 million 410 ming so‘m pul mablag‘lari uchun bank muhri tushirilgan to‘lov kvitansiyalari borligi aniqlangan. Lekin bank filialida xuddi shu ijro hujjatlari uchun 593 ming so‘mlik bank muhri tushirilgan soxta to‘lov kvitansiyalari aniqlangan. Natijada 5 million 616 ming so‘m farqni tashkil qilgan.

“Ipotekabank” ATIB Samarqand viloyat filialining jamg‘arma kassa xodimlari J.Q. va H.A.lar davlat foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan 29 million 453 ming so‘m pullarni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasiga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют