» » Toshkentda kuchli shamol natijasida daraxtlar qulashi oqibatlari bartaraf etilmoqda

Toshkentda kuchli shamol natijasida daraxtlar qulashi oqibatlari bartaraf etilmoqda


2019-yil 8-iyun kuni Toshkent shahri hududida kuchli shamol natijasida daraxtlarning sinishi va qulashini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, Toshkent shahar FVB hamda FVDTga kiruvchi tashkilotlarning xodimlari bilan birgalikda daraxtlarning sinishi va qulashi bilan bog‘liq vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar tashkillashtirildi va shahar hududida faoliyat yurituvchi ko‘ngil ochar maskanlardagi baland atraksionlarni vaqtincha to‘xtatish yuzasidan “Sanoat xavfsizligi” Davlat inspetsiyasga tavsiya kiritildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Jumladan, aholidan kelib tushgan 150 ta murojaatlarga o‘z vaqtida javob berildi hamda 17 ta voqea joylariga tegishli kuch va vositalarni yo‘naltirish va bartaraf etish ishlari tashkillashtirildi.

Kuch va vositalar quyidagi manzillarga yo‘naltirildi:

Mirobod tumanining Temiryo‘lchilar mahallasi, Temiryo‘l ko‘chasidagi daraxtni Matiz rusumli avtomobil ustiga qulashi natijasida avtomobil ichidagi yo‘lovchi Farrux Shoabdiyev bosh qismidan jarohat olgan. Hozirda ahvoli yaxshi bo‘lib tibbiyot xodimlari nazorati ostida.

Mirzo Ulug‘bek tumanining Mustaqillik ko‘chasi 90-uy yonida, Qorsuv-2 18 xonadonning old qismida, Qorasuv-3 8 uyning yonida, Buyu Ipak yo‘li ko‘chasi 392-“A” uy yonida daraxtlarning sinishi natijasida elektr simlari uzilgan.

Shayxontohur tumaning Saidxo‘jayev ko‘chasida daraxt elektr simlari ustiga qulagan va ushbu holat bartaraf etildi.

Olmazor tumanining Abror Hidoyatov ko‘chasi 50-uyning yonida daraxat qulashi va elektr simlari uzilishi holati yuzaga kelgan va bartaraf etildi.

Chilonzor tumanining “Chinni bozor” avtoturargoxida elektr sim uzilishi, 19-mavze sobiq makaron zavod yonida, 3-mavze kichik bozorcha yonida daraxtlar qulashi kuzatildi.

Yunusobod tumaning Bog‘i shamol ko‘chasi 183-uy yonida, Iftixor ko‘chasi 17-, 108-uylar yonida, Jinoiy ishlar bo‘yicha sud binosi yonida (Anhor 3-tor ko‘chasi), 19-mavze Sayram chorrahasi yonida daraxtlar qulashi munosabati bilan turli noqulayliklar yuzaga kelgan va ushbu holat bartaraf etildi.

Yakkasaroy tumanining Yusuf Xos Hojib ko‘chasi 69-“A” uy yonida, Qushbegi ko‘chasi 5-uy yonida daraxtlar qulashi natijasida turli noqulayliklar yuzaga kelgan va ushbu holatlar bartaraf etildi.

Yuqorida qayd etilgan daraxt sinishi va qulashi hamda boshqa ko‘ngilsiz holatlarni oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish ishlariga, “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi”, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (20 nafar shaxsiy tarkib, 3 texnika), Toshkent shahar hokimligi Qutqaruv xizmati boshqarmasi, Obodonlashtirish bosh boshqarmasi, “Maxsustrans” IChB, Toshkent shahar “Elektr tarmoqlari korxonasi”, “Toshshaharnur” DUK va “Yo‘l qurilish va ta’mirlash” MChJlardan jami 76 ta shaxsiy tarkib hamda 47 ta maxsus texnikalar jalb etildi.

Yuzaga kelgan holatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют