» » Dunyo mamlakatlari Braziliyadan go‘sht import qilishni to‘xtatib qo‘ymoqda

Dunyo mamlakatlari Braziliyadan go‘sht import qilishni to‘xtatib qo‘ymoqda


Qator dunyo mamlakatlari — Xitoydan tortib Chiligacha 150 mamlakatga go‘sht eksport qiladigan Braziliyadan go‘sht mahsulotlarini import qilishni to‘xtatib yoki cheklab qo‘ymoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Davlatlarning ushbu qaroriga braziliyalik ishlab chiqaruvchilarning yangi bo‘lmagan mahsulotni sotayotgani bilan bog‘liq mojaro markazida qolgani sabab bo‘ldi.

Go‘sht mahsulotlari cheklovi bo‘yicha qaror, eng avvalo, mol va tovuq go‘shtlari bilan bog‘liq.

19-mart kuni Xitoy hukumati 19-martdan boshlab vaqtincha Braziliya go‘shtini import qilishni to‘xtatib qo‘ygan edi. 21-mart kun yarmiga kelib, Xitoydan tashqari, Yevropa Ittifoqi va Chili go‘shtni sotib olishni cheklagani ma’lum qilindi. Singapur hukumati Braziliya go‘sht mahsulotlarini e’tibor bilan nazorat qilayotganini aytdi.

Shu bilan bir vaqtda, Janubiy Koreya Braziliya mamlakatga hech qachon qoniqarsiz sifatga ega tovuq go‘shtini yetkazmaganiga ishonch hosil qilib, BRF SA kompaniyasining parrandachilik mahsulotlarini sotib olishga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi.

O‘tgan hafta Braziliya hukumati mamlakatning yirik go‘sht ishlab chiqaruvchilari BRF va JBS’ga nisbatan taftish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Taftish ishlab chiqaruvchilar tomonidan mansabdor shaxslarga aynigan go‘shtni sotishga ruxsat berishi uchun pora berilgani haqidagi axborot tufayli boshlandi. Shuningdek, prokuratura sosiska va kolbasa mahsulotlariga standardlarga ko‘ra qo‘shilmasligi kerak bo‘lgan go‘sht qismi hamda karton va kislota (aynigan go‘shtning hidini yo‘qotish uchun) qo‘shilganini ta’kidlamoqda.

Tergov doirasida 30 dan ziyod kishi hibsga olindi. Politsiya go‘shtni qayta ishlovchi 10 dan ziyod muassasani tintuv qildi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют