» » Putinning do‘sti yashirin bitim asosida “Renessans kapital”dan ulush olgan

Putinning do‘sti yashirin bitim asosida “Renessans kapital”dan ulush olgan


Putinning do‘sti, germaniyalik Mattias Varnig yashirin bitim asosida “Renessans kapital” investbankidan ulush olgani aniqlandi. Bu haqda Reuters agentligi olib borgan surishtiruv davomida ma’lum bo‘lgan. Jurnalistlar buni bank xodimlari yozishmalari orqali aniqlagan.

“Exo Moskvi”ning yozishicha Mattias Varnig “Renessans kapital”ga 2007-yildayoq aksioner bo‘lgan. Reuters agentligi tayanayotgan yozishmalar Niderlandiyadagi “YuKOS”ning sobiq top-menejerlari tomonidan ularning da’vosiga bo‘yicha o‘tkazilgan sud jarayonida taqdim etilgan.

Hujjatga ko‘ra, Varnigga investbankning fantom deb ataluvchi 40 mingta aksiyalari berilgan. Ya’ni, oldindan kelishilgan formula asosida, kompaniya ulushining bir qismini sotib olish huquqi berilgan. Mattias Varnig talabiga ko‘ra, bitmni maxfiylikda saqlashga harakat qilingan.

Qayd etilishicha, bu kelishuv haqidagi yozishmalar “Promneftestroy” kompaniyasi “YuKOS”ning asosiy xorijiy aktivlari benefitsiari bo‘lgan Niderlandiyaning Yukos Finance BV’ni sotish bo‘yicha auksionda g‘olib bo‘lganidan bir necha oy o‘tib boshlangan.

“Promneftestroy” “Rosneft” tarkibida tashkil etilgan. Ammo “RBK” ma’lumotlariga ko‘ra, auksiondan avval “Renessans Kapital” asoschilari uning egasiga aylangan. Reuters’ning ta’kidlashicha, aynan Varnig orqali auksionga tayyorgarlik ko‘rishda “Rosneft” yordamini olishga erishilgan.

Mattias Varnig Germaniya “Shtazi” xavfsizlik agenti bo‘lgan va Vladimir Putin bilan kamida 1991-yildan beri tanish bo‘lgan. U 2000-yillarda Rossiya kompaniyalarida turli lavozimlarda ishlab kelgan va hozirda “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri operatorligi rahbari va “Rosneft” mustaqil direktori hisoblanadi.

The Bell’ning qayd etishicha, Varnig tarjimai holida yangi ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi gaz quvuri bo‘yicha sanksiyalarning kuchaytirilishiga sabab bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют