» » “RoboCUP” g‘oliblari Xitoy oromgohiga yo‘llanma va Turin universitetiga imtihonlarda imtiyozga ega bo‘ldi

“RoboCUP” g‘oliblari Xitoy oromgohiga yo‘llanma va Turin universitetiga imtihonlarda imtiyozga ega bo‘ldi


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda iqtidorli yosh robototexniklar o‘rtasida o‘tkazilgan “RoboCUP” televizion musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yil 11-iyun kuni “Mening Yurtim” telekanalida “RoboCUP” musobaqasining final ko‘rsatuvi namoyish etildi. Musobaqa Robo-sumo hamda Robo-futbol yo‘nalishidan iborat bo‘lib, 2 yosh toifasi, ya’ni 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda 16 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazildi.

Robo-sumo yo‘nalishida ikki nafar ishtirokchidan iborat har bir jamoa Arduino platformasi asosida robotlar yaratdi va robotlar mardu maydonda o‘z kuchlarini sinadi. Ikki oy davom etgan televizion musobaqaning finaliga chiqqan Javohir Rahimov va Ibrohim Sultonov g‘alaba qozonib, Xitoyning Asian Science Camp oromgohiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Robo-futbol yo‘nalishdagi musobaqa Lego konstruktorlari yordamida yasalgan robotlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu yo‘nalishda Just robotics jamoasi g‘olib deb topildi. Jamoa a’zolari Habibulloh Akromjonov va Asrorxo‘ja G‘anixo‘jayev Turin politexnika universitetiga kirish imtihonlarida qo‘shimcha 30 foiz imtiyozga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi. G‘olib jamoa a’zolari mazkur imtiyozdan istalgan payt foydalanishlari mumkin.

Bundan tashqari ikki yo‘nalish bo‘yicha ham birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar sohiblariga maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют