» » “Buni Oliy Majlis yoki Vazirlar Mahkamasidan so‘rash kerak”. Toshkentda propiskasi borlar va yo‘qlar uchun ikki xil boj belgilanishi sabablari aytilmadi

“Buni Oliy Majlis yoki Vazirlar Mahkamasidan so‘rash kerak”. Toshkentda propiskasi borlar va yo‘qlar uchun ikki xil boj belgilanishi sabablari aytilmadi


Toshkentda birlamchi bozordan uy sotib olish bo‘yicha Toshkentda propiskasi borlar uchun boshqacha, propiskasi bo‘lmaganlar uchun esa boshqacha boj belgilanishi yuzasidan izohni Ichki ishlar vazirligi (IIV)dan emas, balki Oliy Majlis yoki Vazirlar Mahkamasidan so‘rash kerak. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbiddin Burxonov jurnalistlar bilan muoqotda aytib o‘tdi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 10-iyun kuni bo‘lib o‘tgan jurnalistlar bilan muloqotda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori bilan propiska olish tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar muhokama qilindi. O‘zgarishlarga muvofiq, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidan qiymati qancha bo‘lishidan qat’i nazar (hatto 1 so‘m bo‘lsa ham), yangi qurilgan ko‘chmas mulk sotib olgan fuqarolarga doimiy propiska berilishi kafolatlangan.

Yangi qurilgan uy-joyni sotib olganlik uchun mulkning narxidan 5 foizlik, lekin eng kam ish haqining bir barobari miqdorida boj to‘lash talabi saqlab qolingan (bojning eng kam qiymati), biroq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi bo‘lmagan fuqarolar uchun bojning eng kam miqdori eng kam ish haqining 10 barobari etib belgilangan. O‘z navbatida, sotib olingan yangi uyni uch yil ichida sotishga qaror qilinsa, Toshkentda propiskasi bor O‘zbekiston fuqarolari eng kam ish haqining bir barobari miqdorida, propiskasi yo‘qlar esa eng kam ish haqining 400 barobari miqdorida boj to‘lashi lozim.

Jurnalistlar IIV vakillaridan O‘zbekistonning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega va shunday propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolari uchun nega ikki xil, diskriminatsion bojlar joriy etilgani sabablarini so‘ragan. IIV vakillari bu savolni yo parlamentga, yoki hukumatga berishni tavsiya qilgan.

“Bu qarorni Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan, bunga bizning aloqamiz yo‘q. Siz so‘rayotgan, talab qilayotgan narsa vakolatimizga kirmaydi. Biz ijro etuvchi organmiz. Vazirlar Mahkamasi qanday qaror qabul qilishidan qat’i nazar, bajarishga majburmiz. Bajarmasak, amaldagi qonunchilikka ko‘ra bizga jinoiy yoki ma’muriy chora ko‘riladi. Siz qonun chiqaruvchi organga yoki Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilishingiz kerak, bizga emas”, — deb javob bergan general-mayor Qutbiddin Burhonov.

Jurnalist IIV ham Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirishini eslatib, mazkur qonun loyihasi ishlab chiqilayotganda ishchi guruh tuzilgan-tuzilmagani, ishchi guruh tarkibida IIVdan biror mutasaddi bo‘lgan-bo‘lmaganini so‘radi. General-mayor Burhonov fuqarolarga ikki xil qiymatda boj belgilanishi haqidagi qaror loyihasi ishlab chiqilayotganda ishchi guruhda IIV vakillari bo‘lganini ma’lum qildi, ayni vaqtda loyihaning tasdiqlanishi yoki bekor bo‘lishini ovozlar hal qilishini ta’kidladi.

“Bizning ovozimiz har doim ham qabul qilinmaydi-ku (‘inobatga olinmaydi-ku’, deyilmoqchi — tahr.), axir bizning ovozimiz ko‘plab ovozlardan bittasi, xolos”, — dedi Burhonov. O‘sha ishchi guruhdagi IIV vakili O‘zbekistonning Toshkentda propiskasi bor va yo‘q fuqarolari uchun ikki xil qiymatda boj belgilanishi to‘g‘risidagi taklifga qarshi ovoz berganmi yoki qo‘llab-quvvatlaganmi — bu haqida ma’lumot berilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют