» » O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada 108-Xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada 108-Xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligiga bag‘ishlangan 108-Xalqaro mehnat konferensiyada ishtirok etmoqda, bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jeneva shahrida (Shveysariya) Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligiga bag‘ishlangan 108-Xalqaro mehnat konferensiyasi 10-iyun kuni boshlandi.

Konferensiya ishida dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan 6000 dan ortiq delegatlar qatnashmoqda. Tadbirda mehnat sohasidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari xususida fikr yuritiladi. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining yuz yilligini nishonlash ham rejalashtirilgan.

108-Xalqaro mehnat konferensiyasi 21-iyunga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют