» » O‘zbekistonga 2019-yilning besh oyida 1,3 million turist tashrif buyurdi

O‘zbekistonga 2019-yilning besh oyida 1,3 million turist tashrif buyurdi


O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan brifingda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov investitsiya, turizm va eksport bo‘yicha ma’lumot berdi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

“Besh oy davomida mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el sarmoyalarni olib kelishga qaratildi. Investitsiyalar bo‘yicha umumiy qiymati 500,2 milliard so‘mlik bo‘lgan 244 ta loyiha ishlab chiqilgan”, — dedi I.Ne’matov.

I.Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda umumiy qiymati 1,2 milliard so‘mlik 163 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

TIV vakili ta’kidlashicha, turistlar soni o‘tgan yilga nisbatan birinchi chorakda 42 foizga o‘sdi. Joriy yilning o‘tgan davr mobaynida 1,3 million turist O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston elchixonasi bor davlatlarga eksport 30,6 foiz o‘sdi va umumiy qiymati 3 milliard 504 million so‘mni tashkil qildi”, — dedi I.Ne’matov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 120) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют