» » Janubiy Koreya KXDRga gumanitar yordam uchun BMTga 8 mln dollar beradi

Janubiy Koreya KXDRga gumanitar yordam uchun BMTga 8 mln dollar beradi


Janubiy Koreya shu haftada KXDRga oziq-ovqat yordami uchun BMT hisobiga 8 million dollar o‘tkazadi, deb xabar berdi “TASS”.

“Mablag‘lar BMT hisobiga seshanba yoki chorshanba kuni o‘tkaziladi”, — degan KXDR bilan aloqalarni nazorat qiluvchi vazirlik vakili.

KXDRda 2019-yilda rekord darajada qurg‘oqchilik kuzatilgan. Mamlakatda yanvar oyidan 15-maygacha atigi 56,3 millimetr yog‘ingarchilik bo‘lgan. Bu so‘nggi 102 yil davomidagi eng past ko‘rsatkich.

KXDR OAVlari fuqarolarni yangi suv manbalarini izlashga va rekord darajadagi qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha inqilobiy choralarni ishlab chiqishga chaqirgan.

Bu vaziyatni kuzatgan BMTning Jahon oziq-ovqat yekazib berish dasturi vakillari KXDRda 10 milliondan ortiq aholi oziq-ovqat yetishmovchiligiga uchragani, keyingi hosilga qadar yetarlicha mahsulot yo‘qligini ma’lum qilgan.

Bunga 2018-yilda ob-havo sharoiti sababli hosil kam bo‘lgani sabab bo‘lgan. Xabarda aytilishicha, agar bu yil ham shunday qurg‘oqchilik kuzatilsa, millionlab fuqarolar ochlikka duchor bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 01:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют