» » Ivan Golunov ozodlikka chiqdi. Uni o‘nlab jurnalistlar va yaqinlari kutib oldi (video)

Ivan Golunov ozodlikka chiqdi. Uni o‘nlab jurnalistlar va yaqinlari kutib oldi (video)


Meduza nashri muxbiri Ivan Golunov o‘ziga nisbatan ilgari surilgan giyohvand moddalar bo‘yicha ayblov to‘xtatilgani sabab ozodlikka chiqdi. U o‘zini qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildirib, oldingidek surishtiruv ishlarini davom ettirishini ma’lum qildi.

Ivan Golunov — Rossiyada antikorrupsiya tergovlariga ixtisoslashgan taniqli jurnalist. Uning materiallari asosan Meduza va “RBK” nashrlari chop etiladi. Oilali, 36 yosh.

Ivan 6-iyun kuni Moskvadagi “Gullar bulvari”da qo‘lga olingan edi. 7-iyun kuni tergovchi Golunovning tanishi bilan bog‘lanib, jurnalist mefedron (giyohvand modda) sotishga uringanida qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.

Keyinroq, Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ivanning yonida 5 ta o‘ramda kukunsimon modda, uyidan esa 3 selofan paketda shu turdagi moddalar va tarozi topilganini ma’lum qilib, buni isbotlovchi suratlarni e’lon qilgandi. Biroq Golunovning yaqinlari va hamkasblari e’lon qilingan suratlar jurnalistning uyida olinmaganini bildirishgan. Natijada politsiya 9 ta suratning 8 tasi Golunov yashagan uyda olinmaganini tan olgan.

Ivan Golunovning fikricha, o‘zining qo‘lga olinishiga dafn marosimlari biznesi bo‘yicha o‘tkazgan surishtiruvlari sabab bo‘lgan. Golunovning bu boradagi surishtiruvning mavzusi “Tobut, qabriston, milliardlab rubl. Amaldorlar, kuch tuzilmalari va jinoyatchilar dafn marosimi bozorini qanday qilib bo‘lib olgan” deb nomlanadi.

Jurnalistning hamkasblari va jamoatchilik vakillari ham xuddi shu fikrda. Shu sababli ular faollik ko‘rsatib, nozorilik bildirdi. 8-iyun kuni Moskva sudining qaroriga ko‘ra, Ivan Golunov ikki oy uy qamog‘iga hukm qilindi.

Golunovni nafaqat Meduza’dagi hamkasblari, balki boshqa ko‘plab nashrlar, federal OAVda ishlovchi jurnalistlar, shuningdek, taniqli shou-biznes vakillari (Zemfira, “Bi-2” va Boris Grebenshikov va hokazo) ham qo‘llab-quvvatladi.

10-iyun kuni tongda Rossiyaning “Vedomosti”, “Kommersant” va “RBK” gazetalari tarixda birinchi bor bir xil muqova chop etib, Ivan Golunovning yonini olib chiqdi.

OAV jurnalistning qo‘lga olinishida huquq-tartibot idoralarining harakatlari qonun doirasda bo‘lganligi tekshishni talab qildi. Ko‘plab jurnalistlar norozilik aksiyasini uyushtirib, Golunovni ozod qilinishini so‘radi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 10-iyun kuni jurnalistlar bilan Golunov ishini muhokama qilgan. U jurnalistga nisbatan ayblovda e’lon qilingan suratlar soxta ekanligini tan olgan.

11-iyun kuni Rossiya IIV vaziri Vladimir Kolokolsev jurnalistdan barcha ayblovlar olib tashlanganini shaxsan ma’lum qildi. Kolokolsevning ta’kidlashicha, Golunov ishi bilan shug‘ullangan barcha xodimlar tekshiruv o‘tkazilayotgani sabab xizmat vazifasidan ozod etilgan. Tekshiruv ishlari Tergov qo‘mitasiga berilgan.

Ivan Golunov Moskva vaqti bilan soat 20:53 da Moskva IIV BB tergov boshqarmasining binosidan chiqib kelgan. Jurnalistning boshqarmani tark etayotganini “Dojd” telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatgan. Golunovni ko‘chada o‘nlab jurnalistlar va yaqinlari kutib turardi.

“Bunaqa voqea men bilan sodir bo‘lishi hech qachon xayolimga ham kelmagan. Menga yetkazilgan ma’naviy zararga badal — bu kabi voqea mamlakatimizda boshqa hech kim bilan sodir bo‘lmasligi lozim”, — deydi Golunov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют