» » Meduza bosh muharriri Ivan Kolpakov iste’fo berdi

Meduza bosh muharriri Ivan Kolpakov iste’fo berdi


Meduza bosh muharriri Ivan Kolpakov iste’fo berdi. Bu haqda u tahririyatga 9-noyabr kuni e’lon qildi.

Kolpakovning iste’fosi unga qarshi nashr xodimlaridan birining rafiqasi ilgari surgan ayblovlar bilan bog‘liq. Meduza direktorlar kengashi majlisida avvalroq Kolpakov bosh muharrir lavozimida qolishi haqida qaror qabul qilingan edi, ammo Kolpakovning o‘zi keyinroq iste’fo haqida mustaqil qaror qabul qildi.

“Bu tahririyat atrofidagi inqirozni to‘xtatish va obro‘ga yetkazilgan zararni minimallashtirishning yagona usulidir”, — dedi Kolpakov.

Bosh muharrir vazifasini bajaruvchi etib bungacha Meduza boshqaruvchi muharriri bo‘lib ishlagan Tatyana Yershova tayinlandi.

Ivan Kolpakov — Meduza asoschilaridan biri bo‘lib, u nashrga 2016-yildan buyon bosh muharrir bo‘lib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют