» » AQSh moliya vaziri yordamchisining o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

AQSh moliya vaziri yordamchisining o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyurdi


11—17-iyun kunlari AQSh moliya vazirining texnik ko‘mak siyosati bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Uilyam Makdonald boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ladi, deb xabar beradi UzDaily.

Avvalroq, joriy yilning aprel oyida AQShning moliya vazirligida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Elyor G‘aniyev ishtirokida uchrashuv o‘tkazilgan edi. Unda AQSh tomoni deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarga ta’sir ko‘rsatadigan o‘zgarishlarning dinamikasini yuqori baholagan va O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirgan edi.

O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida Uilyam Makdonald davlat qarzi va investitsiya boshqaruv tizimini takomillashtirish, budjet jarayonining samaradorligini oshirish, bank tizimini mustahkamlash va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish uchun AQSh g‘aznachiligidan muddatli asosda yuqori malakali maslahatchilarni jalb qilish istiqbollarini muhokama qilish niyatida.

Shuningdek, O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonasi ma’lumotlariga ko'ra, uchrashuvlar Moliya vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank, Kapital bozorni rivojlanish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют