» » O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazida AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazida AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazida 5-aprel kuni AQSh Davlat kotibining demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Rendi Berri boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi UzDaily.

Suhbat davomida markaz direktori Akmal Saidov delegatsiya a’zolariga O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘zlab berdi.

Tomonlar davlat boshqaruvini demokratlashtirish, inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qildi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, boshqaruvning barcha sohalarida demokratik tamoyillarni joriy etish, inson huquqlari himoyasi va ularning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralarni amalga oshirish, hamkorlikni mustahkamlash masalalari bo‘yicha fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют