» » Manuel Noyer Germaniya terma jamoasida rekord o‘rnatdi

Manuel Noyer Germaniya terma jamoasida rekord o‘rnatdi


Germaniya terma jamoasi Yevro-2020 saralash bosqichi doirasida Estoniya ustidan 8:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur o‘yinda nemislar darvozasini Manuel Noyer qo‘riqladi. Bu 33 yoshli “Bavariya” posboni uchun Germaniya termasidagi 37-quruq o‘yin bo‘ldi, deb yozadi Opta. U bu orqali Zepp Mayerni (36 ta) ortda qoldirib, rekord o‘rnatdi. Qayd etish joiz, Noyerning terma safidagi o‘yinlari soni 88 taga yetdi.

Ma’lumot uchun, Germaniya terma jamoasi “C” guruhida 9 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud. Birinchi o‘rindagi Shimoliy Irlandiya esaa 12 ochko jamg‘argan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют