» » “Forish” poligonida O‘zbekiston va Fransiya merganlari hamkorligida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

“Forish” poligonida O‘zbekiston va Fransiya merganlari hamkorligida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda


Markaziy harbiy okrugi “Forish” tog‘-dala o‘quv maydonida Fransiya Qurolli Kuchlari harbiy delegatsiyasi tomonidan “Snayper kundaligi” dasturi bo‘yicha uch bosqichda mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki bosqichda merganlar aniqlikka otish nazariyasi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishadi. Ikkinchi bosqichda esa nazariy tayyorgarlikdan o‘tgan harbiylardan oy davomida uzoqlikka otish mashqlarini amaliy bajarish talab etiladi. So‘nggi bosqichda ishtirokchilarga mutaxassislik pedagogikasiga oid bilimlar beriladi.

Yuqoridagi sinovlardan a’lo natijalar bilan o‘tgan merganlargina yo‘riqchi maqomiga ega bo‘lishi mumkin.

Fransuz ofitserlari — kapitan Jan-Tama Toyer, katta serjant Lasha Sulakauri hamda serjant Miksil Kokashvili tog‘ sharoitida merganlik amaliyoti bo‘yicha yakuniy bosqich mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Mashg‘ulotlar yakuniga bag‘ishlangan tantanali marosim 13-iyunda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi ishtirokida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют