» » Bu odamlar Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar qabri kalitini saqlaydi (foto)

Bu odamlar Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar qabri kalitini saqlaydi (foto)


Islam Today nashri Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar dafn qilingan joy kalitini saqlovchi kishilarning hozirgacha tirik bo‘lgan sakkiz nafari bilan tanishtirdi.

Fotosuratchi Adel Kurayshiy va uning “Saqlovchilar” fotoloyihasi buyuk sharaf ishonib topshirilgan va buyuk mas’uliyat yuklatilgan kishilarning yuzlarini ko‘rsatib berdi.

Ushbu an’ana XII asrga borib taqaladi. Kalitni saqlovchilar Madinadagi Payg‘ambar masjidida tayinlanadi va o‘sha yerda ishlaydi. Shunisi e’tiborga loyiqki, saqlovchilarning barchasi asli Efiopiya yoki Eritreyadan. Arab yarim orolida efiopiyaliklar azaldan masjidlarni qo‘riqlovchi va qorovullik qiluvchilar sifatida tanilgan.

Fotosuratchining so‘zlariga ko‘ra, u bu odamlar bilan ishlab, tushuntirib berish qiyin bo‘lgan hissiyotlarni boshidan kechirgan. “Ularning yonida o‘zingizni yengil his qilasiz. Ular juda xotirjam odamlar. Men ular o‘tirgan xonada nur taralayotganini his qildim, bu ichkaridan chiqayotgan nur edi”, — dedi u.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют