» » Addis-Abeba chiqindixonasidagi ko‘chki qurbonlari soni 65 kishiga yetdi

Addis-Abeba chiqindixonasidagi ko‘chki qurbonlari soni 65 kishiga yetdi


Efiopiya hukumati mamlakat poytaxti Addis-Abeba chekkasidagi chiqindi poligonida yuz bergan ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 65 kishiga yetganini tasdiqladi. “TASS” xabariga ko‘ra, yana o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan, deb gumon qilinmoqda.

Koshe chiqindixonasi hududida falokatgacha o‘nlab vaqtinchalik uylar qurilgan bo‘lib, ularda yuzlab odamlar oilalari bilan istiqomat qilar, chiqindilarni to‘plash va saralash bilan shug‘ullanar edi.

11-mart kuni yuz bergan ko‘chki butun shaharchani yutib yubordi, odamlar esa tonnalab chiqindi ostida qolib ketdi. Qutqaruvchilar hozirgacha 37 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Poytaxt ma’muriyat shu vaqtgacha poligonda yashab kelganlarni normal boshpana bilan ta’minlashga va’da bergan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют