» » “Rossiya 24” telekanali Orol dengizi haqida hujjatli film suratga oladi

“Rossiya 24” telekanali Orol dengizi haqida hujjatli film suratga oladi


“Rossiya 24” telekanali suratga olish guruhi iyun oyi ikkinchi yarmida O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Rossiyalik telejurnalistlar O‘zbekistonda Orol dengizining qurishi oqibatlarini bartaraf etish, Orolbo‘yi hududida ekologik va ijtimoiy holatni yaxshilash uchun olib borilayotgan ishlar, shuningdek, bu boradagi say-harakatlarda xalqaro hamjamiyatning birlashgani haqida hujjatli film suratga oladi.

Loyiha O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va O‘zbekistonning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamkorligida ishlab chiqilgan.

Telekanal ijodiy guruhi Mo‘ynoq, Nukus shaharlari, suv havzasi atrofidagi hududlarga tashrif buyurib, rasmiylar, tibbiyot xodimlari, ekologlar, tarixchilar, arxeologlar va boshqa soha mutaxassislaridan intervyu oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют