» » Hindistonning Travelxp telekanali orqali O‘zbekiston haqida ko‘rsatuv namoyish etiladi

Hindistonning Travelxp telekanali orqali O‘zbekiston haqida ko‘rsatuv namoyish etiladi


O‘zbek milliy turistik brendini xorij mamlakatlarida ommalashtirish chora-tadbirlari doirasida Davlat turizm qo‘mitasi O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi bilan birgalikda Travelxp telekanali suratga olish guruhining O‘zbekistonga safarini tashkillashtirdi, deb xabar berdi UzDaily.

Safardan maqsad O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida film tayyorlash va uni 2018-yil davomida takroriy davr bilan telekanalda uzatishdan iborat.

Besh kishidan iborat ijodiy guruh 2017-yilning 12-dekabridan 23-dekabriga qadar O‘zbekistonda bo‘ldi. Ssenariyga ko‘ra O‘zbekiston haqidagi film Toshkent shahrida (diqqatga sazovor maskanlar, teleminora, Mustaqillik maydoni, metropoliten, vokzal), Toshkent viloyatida (Chorvoq va Chimyon), Samarqand, Shahrisabz, Buxoro va Xivada suratga olindi.

Travelxp xususiy telekanali 2011-yilda tashkil topgan va turizm sohasiga ixtisoslashgan. Telekanal ko‘rsatuvlari sun’iy yo‘ldosh va simli kanallar orqali butun Hindiston, shuningdek, bir qator boshqa mamlakatlar bo‘ylab namoyish etiladi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют