» » Davlat soliq qo‘mitasi blogerlik faoliyati bilan bog‘liq xabarlarda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazmoqda

Davlat soliq qo‘mitasi blogerlik faoliyati bilan bog‘liq xabarlarda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazmoqda


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, blogerlik faoliyati bilan bog‘liq xabarlarda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Soliq xizmati xabarlari” Telegram-kanalida xabar berildi.

Natijasi yuzasidan batafsil rasmiy ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar, personal sahifalarda reklama joylashi va shu yo‘l bilan daromad orttirishiga “noqonuniy faoliyat” deya ta’rif bergan, ijtimoiy tarmoqda reklama joylab pul topayotgan blogerlar patent, ya’ni yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma olishi kerakligini aytgan, agar ijtimoiy tarmoqlarda reklama orqali daromad ko‘rayotgan shaxs davlatga soliq to‘lamasa, undan texnika vositasi (telefon, noutbuk, planshet, kompyuter) olib qo‘yilish mumkinligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют