» » JCh—2018 vitse-chempionining uyidan uchta qimmatbaho soati o‘marib ketildi

JCh—2018 vitse-chempionining uyidan uchta qimmatbaho soati o‘marib ketildi


“Inter” yarim himoyachisi Ivan Perishich Italiyada o‘g‘rilar qurboniga aylandi, deya xabar beradi Football Italia.

Xorvatiyalik va uning ayoli o‘g‘rilarga yo‘liqdi. Ularning 80 ming yevrolik buyumlari, shu jumladan, qimmatbaho soatlari o‘g‘irlab ketildi.

Xususan, gap 20 ming yevrolik Rolex, qiymati 50 ming yevroga teng Audemars Piguet hamda 12 ming yevrolik Hublot haqida ketmoqda.

Qayd etish joiz, Perishichning 19-qavatda joylashgan xonadonidan jinoyat izlari topilganicha yo‘q.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют