» » Kavanining 200 ming yevrolik Range Rover’i o‘g‘irlab ketildi

Kavanining 200 ming yevrolik Range Rover’i o‘g‘irlab ketildi


PSJning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani avtomobil o‘g‘rilari qurboniga aylandi. Bu haqda L’Equipe xabar berdi.

Manbada yozilishicha, hujumchining 200 ming yevrolik Range Rover Autobiography rusumli avtomashinasi o‘g‘irlab ketilgan. Politsiyachilar mashinani tezda topishga muvaffaq bo‘ldi va avtomobil o‘g‘risi qo‘lga olindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili jinoyatchilar PSJ futbolchilari Erik Shupo-Moting hamda Tyago Silvaning uyini o‘marib ketgandi.

32 yoshli Kavani 2013-yilning yozida 64,5 million yevro evaziga “Napoli”dan PSJ tarkibiga kelib qo‘shilgandi.

Ma’lumot uchun, urugvaylik futbolchi joriy mavsum Fransiya milliy chempionatida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi (4 tasi penaltidan) va 4 ta golga assistentlik qildi.

O‘yinchining parijliklar bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют