» » Zafar Hoshimov va Yuliy Yusupov O‘zbekistonda QQS stavkasini 12 foizgacha tushirish zarurligini bildirdi

Zafar Hoshimov va Yuliy Yusupov O‘zbekistonda QQS stavkasini 12 foizgacha tushirish zarurligini bildirdi


Jahon banki ekspertlari O‘zbekiston uchun QQSning 20 foizlik stavkasini risoladagidek hisoblamoqda. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi, deya xabar beradi Spot.

Mirzayevga ko‘ra, hozirda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini pasaytirishning zarurati yo‘q.

Tadbirkor Zafar Hoshimov hatto hozirgi ko‘rinishida ham QQS yagona soliq to‘lovidan ko‘ra iqtisodiyot va biznes uchun adolatliroq va foydaliroq ekanini bildirgan.

“Shu bilan birga, QQS stavkasi hozirgi 20 foizdan pastroq bo‘lishi kerak degan fikrdaman. Agar 12 foizli stavka belgilansa hamda barcha imtiyoz va istisnolar bekor qilinsa, adolatli, budjetga ziyon yetkаzmaydigan, biznes va iste’molchilar uchun do‘stona tizimga ega bo‘lgan bo‘lardik”, — deydi tadbirkor.

Iqtisodchi Yuliy Yusupov ham avval rejalashtirilganidek mazkur stavkani 12 foizgacha pasaytirishni yoqlagan.

“Agar hukumat davlat rahbarining o‘tgan yil iyunidagi farmonini bajargan va QQS bo‘yicha barcha soliq imtiyozlarini bekor qilganida, stavkani budjet uchun yo‘qotishlarsiz 12 foizgacha tushirsa bo‘lardi. Soliq yuki kamayishi ortidan biznes legallashuvi tufayli budjetga tushumlar hatto ko‘payadi”, — ta’kidlaydi Yuliy Yusupov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют