» » Moliya vaziri o‘rinbosari: Hozirgi QQS tizimi ushbu soliqning mohiyati buzilishiga olib kelmoqda

Moliya vaziri o‘rinbosari: Hozirgi QQS tizimi ushbu soliqning mohiyati buzilishiga olib kelmoqda


Hozirgi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) tizimi ushbu soliqning mohiyati buzilishiga olib kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari Vyacheslav Pak soliq islohoti konsepsiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi Spot.

Uning so‘zlariga ko‘ra, QQS hozir zanjir bo‘yicha uni to‘lashi kerak bo‘lgan yakuniy iste’molchiga yetib bormayapti. “Bu zanjirning uzilishiga va mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, QQS to‘lovchi yirik korxonalar kichik biznes subyektlari bilan birga ishlamaydi, chunki ularga kelib, zanjir uzilib qolyapti, ulardan resurslar, xomashyo olish ular uchun foydali emas”, — dedi Pak.

Vazir o‘rinbosari eslatishicha, nafaqat mahalliy, balki xalqaro ekspertlar ham O‘zbekistonda ushbu qiymat o‘ta yuqori ekanligini qayd etgan. “U bizning tovarlarimizni noraqobatbardosh qiladi”, — dedi Pak.

Shuningdek, u bunday qiymat iqtisodi yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarga xos ekanligini aytdi. Shu sababli QQS stavkasini to‘lovchilar doirasini kengaytirish bilan 12 foizgacha yetkazish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 13) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют