» » O‘zbekistonda 5 oy davomida 417 nafar mansabdor korrupsiyaga yo‘l qo‘ydi. Ulardan 61 nafari prokuratura xodimlari

O‘zbekistonda 5 oy davomida 417 nafar mansabdor korrupsiyaga yo‘l qo‘ydi. Ulardan 61 nafari prokuratura xodimlari


Joriy yilning 5 oyi davomida 417 nafar turli toifadagi mansabdor shaxsga nisbatan 420 jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 5 nafari respublika, 17 nafari viloyat va 262 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda ishlab kelgan.

Ta’magirlikka yo‘l qo‘yganlarning 61 nafari prokuratura organlari xodimlari bo‘lgan.

Mazkur jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 35 milliard 652 million 726 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Tergov jarayonida ushbu zararning 25 milliard 160 million 870 ming so‘mi yoki 70,5 foizi undirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют