» » O‘zbekistonda sirtqi ta’lim talabalari to‘lov-kontrakt summasini kamaytirish bo‘yicha jamoaviy murojaat yetarlicha ovoz to‘pladi

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim talabalari to‘lov-kontrakt summasini kamaytirish bo‘yicha jamoaviy murojaat yetarlicha ovoz to‘pladi


Bugun, 14-iyun kuni (14-06-2019 12:58:32 ) “Mening fikrim” veb-portalida fuqaro Qudratov Asliddin tomonidan yuborilgan “Sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish haqida”gi elektron jamoaviy murojaat yetarli ovoz (10 000 ta) to‘pladi. Bu haqda Qonunchilik muammolari instituti xabar berdi.

Endilikda: - mazkur murojaat portal moderatori — Qonunchilik muammolari instituti tomonidan keyingi ish kuni (17.06.2019-y.)dan kechiktirmay vakolatli davlat organi — Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

- Murojaatni ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror qabul qilish muddati murojaat vakolatli davlat organiga kelib tushgan paytdan e’tiboran oltmish kundan oshmasligi kerak.

- Vakolatli davlat organi tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror moderator tomonidan “Mening fikrim” veb-portaliga joylashtiriladi.

Ma’lumot uchun:

- Hozirda “Avtotransport vositalarini tyuning qilishga ruxsat berish haqida”gi elektron jamoaviy murojaat 4979 ta ovoz bilan ovoz yig‘ishga joylashtirilgan murojaatlar ichida yetakchilik qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют