» » O‘zbekistonda bugun fuqarolarning jamoaviy murojaatlarni yuborish portali ishga tushiriladi

O‘zbekistonda bugun fuqarolarning jamoaviy murojaatlarni yuborish portali ishga tushiriladi


“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida “Mening fikrim” maxsus veb-portali yaratilishi belgilangandi. Bu haqda Taraqqiyot strategiyasi markazi xabar bermoqda.

Bunda internet tarmog‘ida fuqarolarning elektron tarzda jamoaviy murojaat kiritish imkoni beruvchi maxsus maydon yaratish nazarda tutilgan edi.

Mazkur vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi qonunchilik muammolari va Parlament tadqiqotlari instituti hamda qator mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda www.meningfikrim.uz portali ishlab chiqildi.

Portal 20-aprel kuni soat 16:00 da ishga tushirilib, fuqarolardan elektron jamoaviy murojaatlarni qabul qila boshlaydi. Elektron murojaatlar kiritish quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi:

Avtorizatsiya va murojaatni yaratish;

Ekspertiza va murojaatni joylash;

Murojaatga ovoz berish;

Murojaatni ko‘rib chiqish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют