» » O‘zbekistondagi “Elektron litsenziyalash” portali litsenziya olish uchun 500 dan ortiq buyurtma qabul qildi

O‘zbekistondagi “Elektron litsenziyalash” portali litsenziya olish uchun 500 dan ortiq buyurtma qabul qildi


Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish maqsadida ishga tushirilgan “Elektron litsenziyalash” portali faoliyat ko‘rsatayotganiga 3 oy to‘ldi. Bu haqda “Infocom.uz” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, portal sinov holatida ishlayotganiga qaramay, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarmoqda.

Bugungi kungacha axborot tizimlari kompleksi (ATK) orqali litsenziya olish uchun 500 dan ortiq buyurtma berildi. Ulardan yarmidan ortig‘i ko‘rib chiqildi va yakuniga yetkazildi.

Internet orqali litsenziya olish va ruxsat berish jarayonini rasmiylashtirish 38 faoliyat turi bo‘yicha olib borilmoqda.

Ular orasida transport, arxitektura va qurilish, birja, ko‘chmas mulk, savdo, tibbiyot, dorixona, ta’lim, madaniyat, sport, turizm va reklama kabi ko‘plab yo‘nalishlar bor.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют