» » Ekspert: elektron hukumat faoliyati samaradorligiga idoralararo elektron aloqalarning yaxlit tizimi yoqligi xalaqit bermoqda

Ekspert: elektron hukumat faoliyati samaradorligiga idoralararo elektron aloqalarning yaxlit tizimi yoqligi xalaqit bermoqda


Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy tasir korsatib, islohotlar samaradorligini oshiradi, aholi manfaatlarini taminlashga xizmat qiladi, yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu nuqtai nazardan aytganda, bugun Elektron hukumat degan tushuncha kundalik turmushimizdan chuqur orin egallamoqda. Garchi respublika aholisining hammasi ham bu haqda toliq malumotga ega bolmasa-da, vaqt otishi bilan ushbu tizim jamiyat hayotining butun jabhasini qamrab olishini dunyo tajribasi korsatyapti.

Takidlash joizki, Elektron hukumat atamasini ananaviy hukumat tushunchasi bilan adashtirmaslik lozim. Mohiyatiga kora, mazkur tizim mamlakat miqyosida mamuriy tartib-taomillarni avtomatlashtiradi, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga hamda ortiqcha sarf-xarajatlarning qisqarishiga zamin yaratadi.

Imkoniyatlarni kengaytirish asosiy maqsad

Elektron hukumat faoliyati uch yonalishda belgilangan, yani davlat davlat, davlat biznes va davlat fuqaro yonalishlarini qamrab oladi. Bu tizim idoralararo darajada davlat muassasalari ortasida axborot almashish samaradorligini hamda joylarda rejalashtirish va boshqaruvning sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Jamoatchilik fikrini muntazam monitoring etib borish hamda unga tasir korsatish imkonini beradi. Davlat va biznes munosabatlarida esa mamuriy tartib-taomillar avtomatlashtiriladi. Natijada biznesni royxatga olish, soliq hamda statistika hisobotlarini, bojxona deklaratsiyalarini topshirishda tadbirkorlarning vaqti va mablagi tejaladi. Elektron hukumat xalq bilan muloqot uchun qoshimcha mexanizmlarni yaratish, davlat organlari faoliyatining samaradorligi, tezkorligi hamda shaffofligini taminlashga qaratilgan bolib, ijro-intizomini yanada mustahkamlaydi.

Aytish kerakki, davlat boshqaruvi tizimiga yagona darcha tamoyilini joriy qilish ham ustuvor vazifalardan sanaladi. 2013-yili mamlakatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi. Joriy yilning mart oyiga kelib esa ushbu portalda 308 ta elektron xizmat joriy etildi. Bunda xizmatlar axborot (offlayn), yarim avtomat, avtomatlashtirilgan va interaktiv korinishlarda taqdim qilinayapti. Portal Davlat soliq qomitasi, Davlat bojxona qomitasi, ID.uz identifikatsiya tizimi, Ozbekiston Respublikasi Xalq banki axborot tizimlari hamda resurslariga, normativ-huquqiy hujjatlar tasirini baholash tizimi portaliga hamda Tadbirkorlik tizimiga ulangan. Hozirgi kunda yagona darcha axborot tizimi, yagona identifikatsiyalash axborot tizimiga integratsiyalash boyicha ishlar olib borilyapti.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushgan murojaatlar togrisida toxtaladigan bolsak, ular soni milliondan oshdi. Yana bir jihati, keyingi paytda portalda interaktiv davlat xizmatlari soni ortgani ham murojaatlar kopayishiga turtki boldi. Bugungi kunda 2400 dan ziyod davlat va xojalik boshqaruvi organlari, shu jumladan, idoralar huzuridagi tuzilmalar ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat taqdim qilib kelyapti.

Xorijda bu qanday yolga qoyilgan?

Bugungi kunda elektron hukumat tizimi Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Norvegiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya hamda Germaniya singari mamlakatlarda samaradorligini korsatmoqda. Ushbu mamlakatlarda juda koplab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, onlayn rejimida foydalanish mumkin. Davlat organlariga sorovlarga javoblar, turli tolovlar, rasmiy hujjatlarning namunasini olish, ularni toldirish, elektron imzo bilan yuborish, oliy oquv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir. Masalan, Janubiy Koreyada shaxslar rasmiy sayt orqali ozining murojaati korib chiqilishi qaysi bosqichda ekanligini kuzatib borishi mumkin.

Hukumat harakatda

Har qanday mamlakatda milliy malumotlar bazasi hamda elektron reyestrlar elektron hukumat faoliyatining asosiy jihatlari hisoblanadi. Bu mexanizmlar jismoniy va yuridik shaxslar, avtomobil transporti, kochmas mulk, davlat xizmatlari togrisidagi malumotlarni tizimlashtirish imkonini beradi. Shuni bildirib otish kerakki, Ozbekistonda mazkur malumotlarning markazlashgan holda saqlanishini taminlash Ozinfokom zimmasiga yuklatilgan.

Mamlakatda milliy axborot tizimlarini rivojlantirish doirasida oltita malumot bazasi hamda 12 ta axborot tizimlari majmui yaratilmoqda. Deylik, Soliq axborot tizimlari majmui onta dasturiy mahsulot va 31 avtomatlashtirilgan tizimdan iborat. Uning ishga tushirilishi natijasida Davlat soliq qomitasining 31 xizmatini elektronlashtirish mumkin boladi. Bundan tashqari, Kliring, Xarid, Budjet, Bojxona, Litsenziya hamda Adliya singari axborot tizimlari majmui ham mavjud bolib, ular muayyan sohada malumotlarni toplash va qayta ishlash hamda xizmatlarning bir qismini elektronlashtirishga sharoit yaratmoqda. Qolaversa, Sogliqni saqlash, Talim, Kommunal tizimlarini hayotga tatbiq etish arafasida turilibdi. Yaqin yillarda esa Adliya-2, Nafaqa va Davlat boshqaruvi tizimlarini ishlab chiqish rejalashtirilayapti. 2016-yilda tegishli malumotlar bazasini shakllantirish boyicha ishlar yakuniga yetkazildi. Kadastr va kochmas mulkni royxatga olish hamda Milliy geoaxborot tizimlari borasida hali nuqta qoyilmadi.

Sohadagi yana bir muhim yangilik. 2015-yilda Ochiq malumotlar portali ishga tushirildi. Dastlabki bosqichda unda sakkizta tashkilotdan 80 turdagi malumot joylashtirilgan bolsa, bugungi kunda mazkur portalda 120 ta tashkilotning 2216 xildagi axboroti orin olgan. Bu axborotlar iqtisodiyot, sogliqni saqlash, talim, transport va boshqa dolzarb sohalarga taalluqlidir.

Qolaversa, 20132020-yillarda Ozbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturiga muvofiq, elektron hukumatning samarali faoliyat yuritishi uchun yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish kozda tutilgan. Xususan, 2020-yilga qadar internet kanallarining otkazuvchanlik qobiliyatini yanada kengaytirish, keng polosali tarmoqlarni, ayniqsa, olis tumanlarda rivojlantirish boyicha 17 ta yirik loyihaning amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 2020-yilgacha fuqarolarning davlat organlari bilan elektron muloqotini taminlash hamda rivojlantirish boyicha 22 ta loyiha royobga chiqariladi.

Biznes uchun qulay

Jahon bankining Doing business reytingida songgi besh yilda Ozbekistonning umumiy reytingi biznes yuritish boyicha 150-orindan 87-oringa kotarildi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, jumladan, belgilangan tartib-taomillarni buzganlik uchun shikoyat bildirish, tadbirkorni murojaat qiluvchining mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilish maqsadida royxatga olish, muhandislik-kommunikatsiya texnologiyalariga ulanish uchun ariza berish, tadbirkorlik subyektlariga ozimizda ishlab chiqarilgan avtomobil transporti vositalarini xarid etish uchun ariza berish, kochmas mulkka bolgan huquqni royxatga olish maqsadida arizani rasmiylashtirish singari xizmatlar joriy qilingan.

2014-yildan boshlab eksport va import kontraktlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bepul royxatdan otkazilmoqda. Banklar, soliq hamda bojxona organlari Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali xojalik subektlarining tashqi savdo faoliyati monitoringini olib borayapti. Davlat bojxona qomitasi saytida elektron yuk bojxona deklaratsiyalari qabul qilinmoqda. 2015-yilda davlat xaridlari boyicha maxsus axborot portali ishga tushirildi va elektron savdo shakli amaliyotga tatbiq etildi. Masofaviy bank xizmatlari joriy qilinishi bilan 2016-yilda 1847569 nafar foydalanuvchi kredit olish uchun elektron ariza bilan murojaat etdi.

Reyting masuliyatga undaydi

BMT ekspertlarining fikricha, 2016-yilda Ozbekistonda elektron hukumatning rivojlanish indeksi 0,5434 yoki eng yuqori korsatkichga nisbatan 54 foizni tashkil qildi. Bu Ozbekiston elektron hukumat ravnaqi yuqori bolgan davlatlar qatoriga kirishiga zamin yaratdi (50 foizdan yuqori).

BMTning iqtisodiy hamda ijtimoiy masalalar boyicha departamenti 2016-yilda dunyoning turli davlatlarida elektron hukumatning rivojlanishi haqida navbatdagi hisobotini elon qildi. BMT uslubiyotiga binoan Elektron hukumatning rivojlanishi boyicha indeksi asosida mamlakatlarning reytingi shakllantiriladi. Bu indeks uchta omil, yani axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi, inson kapitali va elektron xizmatlar rivojidan iborat. Yana boshqa juda muhim korsatkich elektron ishtirok etish indeksidagi osish ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur indeksga binoan, hukumatning fuqarolar, biznes subyektlari hamda davlat organlari ortasida muloqotni rivojlantirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishiga baho beriladi, erishilgan natijalar organiladi.

Yana bir diqqatga sazovor jihati, Ozbekiston elektron ishtirok etish reytingida 24 pogona 2014-yilgi 71-orindan 2016-yilda 47-oringa kotarildi. Ushbu indeksning osish suratlari boyicha respublika Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi orinni, Hamdostlik davlatlari ortasida esa uchinchi pogonani egalladi. BMT ekspertlari Ozbekistonda uy-joy mulkdorlari shirkatlari portali, ochiq malumotlar portali va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali ishga tushirilganiga etibor qaratgan. Ularning fikricha, bu say-harakatlar davlat organlari faoliyati ochiqligini taminlash hamda xalq bilan muloqot amaliy mexanizmlarini joriy etish borasida ijobiy qadam hisoblanadi.

Elektron hukumat rivojlanishi boyicha Ozbekiston indeksining osishida elektron xizmatlar korsatish darajasi (56 foiz osish bolgan) muhim orin tutdi. Lekin bunda AKT infratuzilmasi rivojlanishi boyicha osish u darajada yuqori bolmadi (6 foiz). Ushbu indeks muqim va mobil telefon aloqasi abonentlari soni, aralash hamda simsiz keng polosali aloqa tarmogi, shuningdek, internetdan foydalanuvchi aholi soni asosida shakllantiriladi. 2016-yilda Ozbekistonda internetdan muntazam foydalanadigan aholi ulushi 46,4 foizni tashkil qildi, keng polosali internetdan foydalanadiganlar soni esa, bor-yogi, 1900000 kishiga yaqinni tashkil etdi. Inson kapitalining rivojlangan darajasi boyicha indeks esa 3,5 foiz tushgan. Bunda yoshi katta kishilarning savodxonligi, aholining talim tizimi bilan qamrab olinganlik darajasiga alohida etibor qaratilgan.

Ish samaradorligini oshirishga nima xalaqit bermoqda?

Elektron hukumat faoliyati samaradorligiga idoralararo elektron aloqalarning yaxlit tizimisiz erishib bolmaydi. Mamlakatda haligacha Elektron hukumatni rivojlantirish dasturi doirasida tegishli vakolatli davlat organlarining tadbirkorlik subyektlarini royxatga olish, ularga litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni taqdim qilishga oid malumotlar bazasini integratsiyalash borasidagi vazifalar toliq royobga chiqarilmagan. Yer uchastkalari ajratish, qurilishga ruxsat berish, mulkka bolgan huquqni royxatga olish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boyicha tartib-taomillar interaktiv asosga otkazilmagan. Soliq, Bojxona, Litsenziya, Kommunal axborot tizimlari majmualari yagona darcha tamoyilining barcha tartib-taomili otishi mumkin bolgan yagona platformaga birlashtirilmagan.

Hozirgi paytda har bir idora ish yuritish hamda mamuriy tartib-taomillar boyicha alohida nizom va yoriqnomalar asosida faoliyat olib bormoqda. Afsuski, bu holatda koplab muammolar yuzaga kelayotir. Bunday tartib malumotlarni yigish hamda qayta ishlashni qiyinlashtirayapti, ortiqcha byurokratik tosiqlarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, ruxsatnoma berish bosqichida murojaat etuvchining shaxsan hozir bolishi va hujjatlarning asl nusxalarini topshirishi (ularning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish maqsadida) zarurligi davlat xizmatlarini masofadan turib korsatish samarasini yoqqa chiqarib yubormoqda.

Bunday integratsiyalashmagan holatlar oqibatida takrorlash, qisman avtomatlashtirish hamda axborot resurslarining yopiqligi hosil bolayapti. Oqibatda axborot tizimlari va resurslarini joriy etish hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholi turmush sifatini oshirishga tasir korsatmayapti. Masalan, Doing Business 2016 hisobotida Qurilishga ruxsatnoma olish boyicha Ozbekistonda 28 kun talab qiladigan qoshimcha 6 ta tartib-taomil borligi qayd etilgan. Natijada aynan mana shu korsatkich boyicha Ozbekiston 2011-yildagiga nisbatan quyi pogonaga pastlagan. Yer uchastkalari ajratish va qurilishga ruxsatnoma berish eng murakkab tartib-taomillardan biri bolib qolayapti. Buni tadbirkorlik subyektlari ortasida otkazilgan sorovlar ham tasdiqlaydi.

Bugungi kunda respondentlarning 37,5 foizi biznes uchun yer olish-taomillarini salbiy baholaydi. Bu kayfiyat Buxoroda 50,3 foizni, Andijonda 48,6, Jizzaxda 38,4, Samarqandda 37,7, Namanganda 37,4, Toshkent shahrida 38 foizni tashkil qiladi. Mulkni royxatga olish yonalishida ham mana shunday salbiy vaziyat kozga yaqqol tashlanadi.

Ustuvor yonalishlar

Aytish joizki, elektron hukumat faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanishni kengaytirish talab etiladi. Shuni unutmaslik kerakki, elektron hukumat faoliyatida malumotlar muayyan davlat muassasasidan tashqariga chiqadi. Bu esa axborot xavfsizligi tizimini takomillashtirishni kun tartibiga qoyadi.

Turli idoralar axborot tizimlari ortasida elektron hamkorlikka otilishi aynan elektron hukumatning shakllanish jarayoni sanaladi. Ushbu jarayonning markazida davlat organi emas, aynan foydalanuvchi turmogi lozim.

2017-2021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish masalasiga alohida etibor qaratilgan. Xususan, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida 20182021-yillarga moljallangan tegishli dastur ishlab chiqilishi belgilangan. Joriy yilning ozida Litsenziya portali ishga tushirilishi kozda tutilyapti, notarial xizmatlar avtomatlashtiriladi hamda soddalashtiriladi. Eksport-import operatsiyalari boyicha ruxsat beruvchi hujjatlarni bir xillashtirish davom ettiriladi. Davlat organlari xodimlari va aholining internetdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kompyuter savodxonligi oshirilishi boyicha chora-tadbirlar koriladi.

Qisqasi, bu va boshqa dolzarb vazifalarning muvaffaqiyatli royobga chiqarilishi davlat xizmatlari soni hamda sifatini oshiradi, xalq bilan muloqotni yanada yangi, yuqori bosqichga kotarish imkonini beradi.

Ozbekiston iqtisodiy tadqiqotlar markazi materiallari asosida

Qobil Xidirov tayyorladi

: admin (10-03-2017, 11:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 30) ( 3)
:
-
:
20 ... -