» » Maktabgacha ta’lim vazirligi: Bolalarning to‘g‘ri ovqatlanishga odatlanishi ulg‘ayganda noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar oldini oladi

Maktabgacha ta’lim vazirligi: Bolalarning to‘g‘ri ovqatlanishga odatlanishi ulg‘ayganda noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar oldini oladi


Bolalarning bog‘cha yoshidan to‘g‘ri ovqatlanishga odatlanishi ulg‘ayganda noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar oldini olish imkonini beradi. Bu haqda Toshkent shahrida 11-may kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan maktabgacha ta’lim muassasalari (MTM)da xavfsiz va oqilona ovqatlanishni tashkil etish mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatida vazirlik bo‘lim boshlig‘i Umida Muhitdinova aytib o‘tdi.

Davra suhbatida 2019-yil aprelida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsiz va oqilona ovqatlanishni tashkil etishga bo‘lgan gigiyena talablari” Sanitariya normalari va qoidalari muhokama etildi.

“Bolalarning to‘g‘ri ovqatlanishga odatlanishi ulg‘ayganda noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar oldini oladi. Bunda tarbiyalanuvchilar ratsioni foydali, mutanosib bo‘lishi hamda unda umumiy maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining yoshlari inobatga olingan holda tuzilishi lozim. MTMlarda sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish uchun xavfsiz, to‘yimli va sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlarining doimiy ta’minotini ko‘zda tutuvchi standartlarga uzluksiz ravishda amal qilish kerak”, — deydi ixtisoslashtirilgan MTM faoliyatini muvofiqlashtirish, bolalar reabilitatsiyasi va salomatligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Umida Muhitdinova.

Ma’lum qilinishicha, Maktabgacha ta’lim vazirligi ovqatdan zaharlanish holatlarini tahlil qilib, MTM xodimlarining sanitariya normalariga rioya etishi yuzasidan bilimini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish zarurligini aniqlagan. Shu sababli, xodimlarni sanitariya minimumi kurslarida gigiyena bo‘yicha ta’lim olishi shartligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, begona shaxslar maxsus kiyimsiz va tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasisiz oziq-ovqat blokiga kirishi taqiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют