» » Bosh prokuratura: Jinoyat qilib xorijda qochib yurgan 130 shaxs olib kelinib, javobgarlikka tortilgan

Bosh prokuratura: Jinoyat qilib xorijda qochib yurgan 130 shaxs olib kelinib, javobgarlikka tortilgan


Prokuratura organlarining 2019-yilning o‘tgan besh oyi davomidagi faoliyati natijalariga bag‘ishlangan matbuot konferensiyasida prokuratura organlariga qariyb 220 ming murojaat tushgani qayd etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan anjumanda Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yo‘ldoshev, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari S.Rahmonova va boshqalar tizimda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘ycha jurnalistlarga ma’lumot berdi.

Prokuratura organlariga tushgan murojaatlarning 62,8 foizi bevosita prokuratura organlarida hal etilgan.

O‘zbekiston Prezidenti virtual va Xalq qabulxonalaridan (pm.gov.uz) prokuratura organlariga yuborilgan 31 ming 203 ta murojaatdan 26 mingga yaqini bevosita prokuratura organlarida ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markaziga jami 65 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ularni ko‘rib chiqish davomida qonun talablariga nomuvofiq bo‘lgan hujjatlarga nisbatan 33 protest, 18 taqdimnoma kiritilgan.

Natijada 76 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 20 jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Prokuratura organlari xodimlari tomonidan respublika bo‘yicha 134 mingga yaqin fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilingan.

O‘zbekistonning ikki tomonlama va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalari asosida jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlarini o‘tkazib berishda huquqiy yordam so‘ralgan xorijiy davlatlar vakolatli organlarining jami 175 iltimosnomasi o‘rganib chiqilib, ijroga qaratilishi ta’minlangan.

O‘zbekiston hududida jinoyatlar sodir etib, chet ellarga qochib yashiringan jami 212 nafar shaxsni ushlab berish (ekstraditsiya) to‘g‘risidagi hujjatlar o‘rganilib, ularning xalqaro-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq xorijiy davlatlar vakolatli organlariga yuborilgan.

So‘rovnomalardan qanoatlantirilganlari yuzasidan jami 130 nafar shaxs O‘zbekistonga etap qilib olib kelinib, javobgarlik muqarrarligi ta’minlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют