» » NASA Oyda muntazam faoliyat olib borish uchun qancha mablag‘ zarur bo‘lishini ma’lum qildi

NASA Oyda muntazam faoliyat olib borish uchun qancha mablag‘ zarur bo‘lishini ma’lum qildi


Oyda faoliyat olib borish uchun barcha sharoitlarni yaratishga taxminan 20—30 milliard dollar talab etiladi. Bu haqda Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq etish milliy boshqarmasi (NASA) rahbari Jim Braydenstaynga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ushbu mablag‘lar hozirgi kunda AQSh tomonidan Xalqaro kosmik stansiyani qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘lardan tashqaridir.

Braydenstaynning ta’kidlashicha, dastur bo‘yicha chiqimlar keyingi besh yilga bo‘lib tashlanadi.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp NASA’ni mudofaa, ilm-fan va Marsga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют