» » Nukusda “Yoshlar oyligi” doirasida harbiylar xizmatchilar uchun bayram sayli tashkil etdi

Nukusda “Yoshlar oyligi” doirasida harbiylar xizmatchilar uchun bayram sayli tashkil etdi


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida Nukus shahar “Istiqlol” bolalar bog‘ida yoshlar sayli o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayilda mingdan ziyod o‘quvchi yoshlar va Nukus garnizonidagi harbiy xizmatchilar “Kitobxonlik viktorinasi” intellektual o‘yinida o‘zaro bahslashdi.

Nukuslik bolalarning “Dunyo raqslari” shousi yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Yosh ijodkorlar tomonidan tashkil etilgan “Nazm va navo” kechasi haqiqiy mumtoz kuy va qo‘shiq shaydolarini o‘z oldiga to‘pladi. Qoraqalpog‘iston Madaniyat vazirligi ijodkorlari hamda garnizon Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestrining diltortar kuylari xalqni raqsga chorladi.

Tanlov va viktorinalarning g‘olib va sovrindorlari Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda boshqa vazirlik va idora mansabdor shaxslari tomonidan munosib taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют