» » AKT vazirligi Hay’at majlisida RRTM va UzDigital TV faoliyati tanqid qilindi

AKT vazirligi Hay’at majlisida RRTM va UzDigital TV faoliyati tanqid qilindi


O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi hamda UzDigital TV’ning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va xizmatlar hajmini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risidagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Dastlab Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalari to‘g‘risidagi axborot tinglandi. Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan Hay’at majlisida Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi tomonidan respublika miqyosida teleradiouzatish tarmog‘ini ekspluatatsiya qilish, texnik vositalar ishlashining barqarorligi va uzluksizligini ta’minlash, xizmatlar sifatini ta’minlash, muammoli holatlar yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha joriy faoliyatida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani qayd etildi.

Hay’at yig‘ilishida, shuningdek, UzDigital TV moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, xizmatlar ko‘lamini oshirish, abonentlar sonini ko‘paytirish, dilerlik tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va rejalari to‘g‘risida hisobot berildi. Muhokamalar chog‘ida UzDigital TV tomonidan raqamli televideniye xizmatlari asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisiga ko‘rsatilishi, qolgan hududlarda abonentlar soni kamligi, UzDigital TV xizmatlari turlarini oshirish hamda abonentlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani ta’kidlandi.

Hay’at majlisida ko‘rilgan masalalar yuzasidan vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘limlari, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mutasaddilarining Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi va UzDigital TV faoliyatidagi mavjud masalalar to‘g‘risida fikrlari tinglandi.

Kun tartibiga ko‘ra, Hay’at majlisining tegishli qarori qabul qilindi. Unga asosan, Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi va UzDigital TV faoliyati qoniqarsiz deb baholanib, ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun har ikki korxona rahbariyatiga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash hamda lavozimiga loyiqlik masalasini ko‘rib chiqish tavsiya etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют