» » 15-yanvardan Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida analog formatdagi teledasturlar efiri to‘liq to‘xtatiladi

15-yanvardan Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida analog formatdagi teledasturlar efiri to‘liq to‘xtatiladi


2018-yilning 15-yanvaridan Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida analog formatdagi teledasturlar efiri to‘liq to‘xtatiladi. Bu haqda “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Respublikaning qolgan hududlarida qachondan analog formatdagi teledasturlar efiri to‘xtatilishi muddatlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Analog formatidagi televideniye (to‘xtatiladigan televideniye) eski avlod televideniye uzatish tizimi bo‘lib, bugunga kelib ko‘p tomonlari hozirgi zamon talablariga javob bermay qolgan. Analogli tizimda televizordagi tasvirlar juda kam holatlarda a’lo darajada ko‘rsatadi.

Raqamli televideniye yangi avlod televideniye uzatish tizimi bo‘lib, uning joriy etilishi Respublika bo‘ylab yanada ko‘proq teledasturlarni (12 tadan 18 tagacha telekanallar dasturlarini) uzatish imkonini berdi. Raqamli televideniyening analog televideniyedan eng asosiy farqi, bu avvalo tasvir sifatida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Yangi shakldagi televideniyeda tashqi ta’sirlar sezilarli darajada kamayib, tasvirning ravshanligiga erishilgan. Tasvir va tovush g‘oyat tiniq, ranglar yorqin va tasvirda har bir detal aniq aks etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют