» » “Bavariya” himoyachisi “Borussiya D”ga o‘tadi

“Bavariya” himoyachisi “Borussiya D”ga o‘tadi


“Bavariya” himoyachisi Mats Hummels Dormundning “Borussiya” klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Sport Blind xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, myunxenliklar 30 yoshli futbolchi uchun kelib tushgan taklifni qabul qilgan. Hummelsning transferi bonuslardan tashqari 20 million yevroga baholanmoqda. U hozirda yiliga 12 million yevro oladi, biroq Dortmundda esa yiliga 10 million ishlab topishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Hummels “Bavariya”ga 2016-yilda “Borussiya”ning o‘zidan 35 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi.

Ma’lumot uchun, u 2018/19-yilgi mavsum Bundesligada 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatma berdi.

Shuningdek, u “Bavariya” bilan 7 ta sovringa ega chiqdi. “Borussiya Dortmund” safida esa 5 ta sovrinni qo‘lga kiritgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют