» » Kopa Amerika—2019. Urugvay Ekvadorni tor-mor qildi (video)

Kopa Amerika—2019. Urugvay Ekvadorni tor-mor qildi (video)


Futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2019 musobaqasining “C” guruhidan o‘rin olgan 1-tur bahsida, 16-iyun, yakshanba kuni Oskar Tabares qo‘l ostidagi Urugvay terma jamoasi Ekvadorga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvda Urugvay termasi vakillari Nikolas Lodeyro (6), Edinson Kavani (33), Luis Suaresning (44) gollari hamda Ekvador terma jamoasi himoyachisi Arturo Minaning avtogoli urugvayliklarning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (4:0).

Qayd etish joiz, o‘yinning 24-daqiqasida ekvadorlik Xose Kinteros hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va jamoa uchrashuv yakuniga qadar maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.

Kopa Amerika—2019

1-tur bahsi

16-iyun, yakshanba

“C” guruhi

Gollar: 1:0 — 6 Lodeyro, 2:0 — 33 Kavani, 3:0 — 44 Suares, 4:0 — 78, avtogol, Mina

Urugvay: Muslera, Godin, Himenes, Kaseres, Nandes (Pereyro, 64), Laksalt, Vesino (Valverde, 81), Bentankur, Lodeyro (Torreyra, 75), Suares, Kavani

Ekvador: Dominges, Kintero, Achilyer, Mina, Kaysedo, Intriago, Valensiya, Presiado (Ibarra, 46), Orexuela, Mena (Velasko, 29), Valensiya

Ogohlantirishlar: Lodeyro (14), Himenes (63).

Chetlatish: Kintero (24)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2019, 05:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют