» » Navoiyda eshik panjarasi orasiga boshi tiqilib qolgan 6 yoshli bola qutqarildi (foto)

Navoiyda eshik panjarasi orasiga boshi tiqilib qolgan 6 yoshli bola qutqarildi (foto)


Navoiyda ehtiyotsizlik oqibatida xavfli vaziyatga tushib qolgan bolaga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Navoiy shahri “Navoiy” ko‘chasi 45-uyning 117-xonadonida yashovchi fuqaro Nargiza Bahronova viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “1050” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qildi.

U 2013-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Daler Bahronov o‘ynab boshini eshik panjarasiga tiqqanini va endilikda qaytib ololmayatganini aytib yordam so‘rab murojat qilgan.

“Ma’lum bo‘lishicha, qutqaruvchilarga murojat qilishguncha bolakayning onasi va qo‘shnilar Dalerning boshini panjaradan chiqarishga bir necha marotaba harakat qilgan. Besamar harakatlar Dalerning kuchli qo‘rquv va vahimaga tushishga sabab bo‘lgan, buning natijasida bolaning bo‘yni shishgan.

Olingan ma’lumotga ko‘ra, zudlik bilan voqea sodir bo‘lgan joyga yetib borgan qutqaruvchilar U.Oblaqulov, R.Qosimov va B.Majidovlar maxsus gidravlik qaychi yordamida panjarani kesdi va Dalerni sog‘-salomat onasiga topshirdi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют