» » Turkmaniston prezidentining o‘g‘li sobiq Ashxobod viloyati hokimi etib tayinlandi

Turkmaniston prezidentining o‘g‘li sobiq Ashxobod viloyati hokimi etib tayinlandi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Sardorni Axal viloyati rahbari etib tayinladi, deb xabar beradi “KNews.kg”.

Axal viloyati Turkmaniston poytaxti — Ashxobod o‘zining boshqaruv organlari bilan alohida ma’muriy birlik bo‘lib ajralib chiqqach paydo bo‘lgan. Kichik Berdimuhamedov rahbar etib tayinlanguniga qadar viloyat rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Sardor Berdimuhamedov 37 yoshda, qurolli kuchlar podpolkovnigi. 2016-yilda Turkmaniston parlamentiga saylangan, 2018-yil martda esa tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlangan.

Unga qadar Turkmaniston prezidentining o‘g‘li 2015-yilning iyulida maxsus farmoyishga binoan TIV tuzilmasiga ishga olingan va doktorlik dissertatsiyasini himoyalagan.

2017-yilning bahor va yoz fasllarida xorijga bir qator rasmiy tashriflarni amalga oshirgan va Rossiya, Qozog‘istonning yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashgan edi.

Turkmaniston prezidentining o‘g‘li boshqaradigan viloyatda 900 mingdan ortiq odam (mamlakat aholisining 14 foizi) istiqomat qiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 23 foizi va sanoat ishlab chiqarishining 31 foizi ushbu viloyat hisobiga to‘g‘ri keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют