» » Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismlardan birida inspeksiya tekshiruvi mashg‘ulotlari boshlandi

Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismlardan birida inspeksiya tekshiruvi mashg‘ulotlari boshlandi


Qurolli Kuchlar Bosh shtabi tomonidan 17-iyun kuni Sharqiy harbiy okrugda joylashgan Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismlardan birida inspeksiya tekshiruvi mashg‘ulotlari boshlandi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, tekshiruvdan asosiy maqsad bo‘linmalarning jangovar shayligini tekshirishga qaratilgan.

Mashg‘ulotlarning birinchi kunida shaxsiy tarkib hamda harbiy texnikalarning jangovar shayligi tekshirildi. Unda harbiy xizmatchilarning tashqi ko‘rinishi, qurol-aslahalari, safar anjomlari, saf ko‘rigi va saf qo‘shiqlarini aytib yurishiga baho berildi.

Shuningdek, Farg‘ona garnizonida bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini tekshirish mashg‘ulotlarida harbiy xizmatchilar harbiy topografiya va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlarni topshirishdi.

Mashg‘ulotlarining keyingi bosqichlarida harbiylarning taktik va maxsus tayyorgarligi, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, guruh va o‘tochar qurollardan nishonlarga o‘q otish bo‘yicha ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют