» » Donald Tramp Pentagon rahbarini almashtirdi

Donald Tramp Pentagon rahbarini almashtirdi


Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan bu lavozimga boshqa da’vogarlik qilolmaydi. Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi etib Mark Esper tayinlandi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Ajoyib ishni amalga oshirgan mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan, o‘z oilasiga ko‘proq vaqt ajratish uchun (senatda) tasdiqlanish jarayonini davom ettirmaslikka qaror qildi. Men Petga ajoyib xizmati uchun minnatdorlik bildiraman va (hozirgi) quruqlikdagi qo‘shinlar vaziri Mark Esperni mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlayman”, — deb yozgan AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Tvitter’dagi sahifasiga.

AQSh prezidenti, shuningdek, Markni yaxshi bilishini va u bu ishni a’lo darajada uddalashiga shubha qilmasligini bildirgan.

Patrik Shanaxan 2017-yilning iyulida AQSh mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, 2019-yilning yanvarida Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют