» » O‘zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisov klubini o‘zgartiradi

O‘zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisov klubini o‘zgartiradi


O‘zbekiston terma jamoasi hamda Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vitaliy Denisov Qozonning “Rubin” klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shiladi. Bu haqda Sport24 xabar berdi.

Shu yozda 32 yoshli himoyachining “Lokomotiv” bilan tuzgan shartnomasi yakuniga yetadi. Denisov 2013-yildan buyon moskvaliklar o‘yinchisi hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, Denisov allaqachon “Rubin”da tibbiy tekshiruvdan o‘tishga ulgurgan.

Eslatib o‘tamiz, Denisov o‘tgan mavsumni Samaraning “Krilya Sovetov” klubida ijara asosida o‘tkazdi va samaraliklar safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli pas berishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Vitaliy Denisov 2013-yilda Ukrainaning “Dnepr” klubidan “Lokomotiv”ga ko‘chib o‘tgandi. Bu vaqt mobaynida u “temiryo‘lchilar” safida bir marta Rossiya chempionligini qo‘lga kiritib, ikki karra mamlakat kubogida zafar quchgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют