» » Tojik-qirg‘iz chegarasida yana kelishmovchilik yuz berdi

Tojik-qirg‘iz chegarasida yana kelishmovchilik yuz berdi


Qirg‘izistonliklar 45 kilometrli avtoyo‘lni ta’mirlash ishlariga qarshi chiqdi. Bu yo‘l Isfarani Vorux eksklavi bilan birlashtiradi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Qirg‘iziston chegara xizmati ma’lum qilishicha, hodisa 18-iyun kuni qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi demarkatsiya qilinmagan uchastkada Batkent tumanining Tosh-Tushmuk aholi punktida sodir bo‘ldi.

Tojikiston tomoni Isfara—Oqsoy—Vorux umumiy foydalanishdagi avtoyo‘l qismida Qirg‘iziston bilan kelishilmagan holda asfalt qilish ishlarini boshladi.

Tojikiston fuqarolari soat 20:00 da avtoyo‘lni bir yarim soatga to‘sib qo‘ydi.

Qirg‘iziston chegara xizmatining ta’kidlashicha, tojikistonliklar qirg‘iz chegara naryadining ta’mirlash ishlarini bajarishni to‘xtatish haqidagi talabini e’tiborsiz qoldirdi. Buning oqibatida kichik kelishmovchilik yuz berdi.

Ikki davlat chegara xizmati vakillari uchrashgandan so‘ng ta’mirlash ishlari to‘xtatildi. Tushuntirish ishlari amalga oshirildi. Batkent tumanida qirg‘iz-tojik davlat chegara uchastkasida vaziyat barqaror.

Bugun chegara vakillari uchrashuvi davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 22-may kuni Qirg‘iziston Batkent viloyati Qora-Bak qishlog‘idagi Eski Mozor hududida kelishmovchilik yuz bergandi. Qirg‘izistonliklar vafot etgan fuqaroni daft etish uchun ushbu hududda joylashgan qabristonga o‘tgan.

Qabristonda tojik chegarachilari paydo bo‘lganda janjal yuz bergan. Qirg‘izistonliklar tojik chegarachilari qabriston hududidan ketishini talab qilgan. Shunda chegarachilar osmonga qarata ogohlantish o‘qini uzgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют