» » Britaniya bosh vaziri qarorgohi politsiya tomonidan o‘rab olindi, undan chiqish taqiqlangan

Britaniya bosh vaziri qarorgohi politsiya tomonidan o‘rab olindi, undan chiqish taqiqlangan


Britaniya bosh vaziri qarorgohi politsiya tomonidan o‘rab olingan, binodan chiqish taqiqlangan. Bu haqda, Britaniya nashrlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Avvalroq Vestminster ko‘prigida va unga yondosh Britaniya parlamenti binosi oldida yuz bergan ikki hodisa oqibatida bir necha kishi, jumladan, bir politsiyachi jabrlangani ma’lum bo‘lgan edi. Hodisalar politsiya tomonidan terakt deb baholandi.

Bosh vazir qarorgohi parlament binosidan uncha uzoqda emas. Hukumat rahbari idorasidan ma’lum qilishlaricha, bosh vazir Tereza Mey hayoti xavf ostida emas va bexavotir joyda.

Parlament binosi ham o‘rab olingan, undan chiqish ham taqiqlangan. Avvalroq Tereza Mey hodisalardan bir necha daqiqa o‘tib, binoni sakkiz qo‘riqchi qurshovida tark etgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 21:33)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют